Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov 2021-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2022-yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida Buxoro viloyati aholisiga murojaat qildi.
Murojaatda shaharda amalga oshirilgan investisiya loyihalari, jumladan, muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan loyihalar, jalb qilingan investisiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi, yaratilgan ish o‘rinlari, foydalanishga topshirilgan loyihalarni ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining, jumladan, byudjet daromadlarining oshishiga qo‘shgan hissasi va natijadorligi haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 37 trln.so‘mni, o‘sish sur’ati esa 107 foizni tashkil etishi kutilayotgani aytildi. Jumladan, ushbu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligida 45,2 foizni, sanoatda 27,6 foizni, xizmat ko‘rsatishda 27,2 foizni tashkil etib, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 18,6 mln.so‘mga yetgan. 2021 yilning yakunida 30,2 trln.so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, o‘sish sur’ati 106,1 foizni tashkil etdi. Shundan go‘sht-sut mahsulotlari 16,1 trln.so‘m, paxta va don mahsulotlari 4,3 trln.so‘m, meva-sabzovot 6,5 trln.so‘m hamda boshqa mahsulotlar 3,3trln.so‘mni tashkil etadi. 2021 yilning yakunida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 19,5 trln.so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 103,2foizni tashkil etgan.
Tarmoqlar kesimida tahlil etilganda, neftni qayta ishlash sanoatida 9,2 trln.so‘mlik, to‘qimachilik sanoatida 4,2 trln.so‘mlik, oziq-ovqat sanoatida 3,3 trln.so‘mlik hamda sanoatning boshqa tarmoqlarida 2,8 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Joriy yilning yakunida viloyatda xizmatlar hajmi 13,8 trln.so‘mni va o‘sish sur’ati 128,5 foizni tashkil etgan. Jumladan, savdo xizmatlari 4,7 trln.so‘m, transport xizmatlari 3,3 trln. so‘m, moliyaviy xizmatlar 2,2 trln.so‘m hamda boshqa xizmatlar 3,6 trln.so‘mni tashkil etgan.
Yil yakuniga qadar mahalliy byudjetga 2377 mlrd.so‘m tushumlar hisobiga 442mlrd.so‘m qo‘shimcha daromadlar ta’minlangan. Umumiy holda, yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘lari bilan birgalikda joriy yil davomida qo‘shimcha manbalar hisobidan jami 523 mlrd.so‘m, shu jumladan 496 mlrd.so‘mi yoki 95 foizi ijtimoiy soha va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish tadbirlariga yo‘naltirilgan, shundan 120 mlrd.so‘mi Yoshlar va Ayollar daftarlariga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalariga o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar 44,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, buning natijasida belgilangan ko‘rsatkichlarning 150,5 foizga bajarilishiga erishiladi. Yil yakuni bilan 6,6 trln. so‘mlik investisiyalar o‘zlashtirilishi va 1 229 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 12 951 nafar aholining bandligi ta’minlangan. Misol uchun Gʻijduvon tumanida “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ, Olot tumanida “Olot Haj Textil”, Buxoro shahrida “Chinor Shopping” MCHJ hamda “G‘ayrat Chodak" MCHJlarda ichki imkoniyatlardan foydalangan holda yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilda 476 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Dasturlar tufayli chekka-chekka hududlardagi aholi punktlarida zamonaviy uy-joylar barpo etilgan. Ta’lim muassasalari, dam olish maskanlariyu qator xizmat ko‘rsatish shoxobchalari yangicha qiyofada o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Qishloq xo‘jaligida joriy yilgi mavsumda keyingi yillarda misli ko‘rilmagan barakali xirmon yetishtirildi. Xususan, yilning birinchi hosili pilla yetishtirish rejasi respublikada 1-o‘rinda, g‘alla va paxta shartnomaviy rejasi 3-o‘rinda bajarilgan. Joriy yilda viloyat bo‘yicha 345 ming tonnadan ortiq paxta tayyorlanib, o‘tgan yilga nisbatan 50 ming tonna ko‘p hosil yaratilgan. (O‘rtacha hosildorlik 35,2 syentnerni tashkil etdi). Paxtadan 2,4 trln.so‘m daromad olinib, bir gektar maydondan 24,2 mln.so‘m foyda qilingan.
Paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan daromad 4,8 trln so‘mni, sof foyda 2,3 trln so‘mni, rentabellik darajasi 96 foizni yetgan. Joriy yilda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan aholi daromadlari jami 1,8 trln.so‘mni tashkil qilgan. Jumladan, paxta yig‘im terimidan 576,7mlrd.so‘m, g‘alla hosilidan 228,3 mlrd.so‘m (natura sifatida), ipak qurti boqish hisobiga 59,6 mlrd.so‘m, takroriy ekinlardan esa 918,1 mlrd.so‘m daromad olingan. Ushbu ko‘rsatkichni 2022 yilda 1,5 barobarga oshiriladi.
Keyingi yillarda viloyatda sayyohlikni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilgan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Buxoroda 78 ta yangi katta-kichik mehmonxonalar tashkil etilgan. Natijada mehmonxonalarning umumiy soni 415 taga yetgan. Shundan, mehmonxonalar soni 163 taga, oilaviy mehmon uylari 198 taga, hostel va motellar soni 53 tani tashkil etomoqda. 2021 yilning yanvar-noyabr oylari davomida tashrif buyurgan sayyohlar soni 2,1 mln. nafarga yetib, bunda xorijiy turistlar soni 41,2 ming nafardan oshgan.
Viloyatda maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar qamrov darajasini oshirish maqsadida markazlashgan mablag‘lar hisobidan 72,5 mlrd. so‘m va mahalliy byudjetdan 64,5 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, 1 868 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 118 ming nafar bola qamrab olindi hamda qamrov darajasi 80 foizga yetkazilgan.
Umumta’lim maktablarni ta’mirlash va jihozlash uchun markazlashgan mablag‘lar hisobidan 191,8 mlrd.so‘m hamda mahalliy byudjetdan 10 mlrd. so‘m ajratilgan. 2021 yilda 24 ming 518 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 8 ming 78 nafari oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan. Ushbu ko‘rsatkich reytingi bo‘yicha Buxoro viloyati Respublikada 1-o‘rinda qayd etilgan. Joriy yilda qo‘shimcha 6 ta matematika, 4 ta kimyo-biologiya, 5 ta informatika va axborot texnologiyalari, 14 ta xorijiy tillarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.
Viloyat oliy ta’lim muassasalarida Fransiya, Isroil, Polsha, Bolgariya, Belorus, Rossiya, Indoneziya, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 30ta bakalavriat yo‘nalishi hamda 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 1 ming 256 nafar kadr tayyorlanmoqda.
2021 yilda viloyat aholisining salomatlik holati hamda kasallanish ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida 873 ta “Tibbiyot brigadalari” tashkil qilinib, 1 mln 891 ming nafar aholi (95.1%) xatlovdan o‘tkazilgan. Joriy yilda markazlashtirilgan manbalar hisobidan 27 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilgan, xususan, 20 ta qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar, 7 ta markaziy shifoxona hamda klinikalarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Shu bilan bir qatorda oilaviy polikliniklarga 70 dona EKG, 71 dona UTT apparati, koronavirus kasalligini davolash maqsadida kasalxonalarga 132 dona IVL (sun’iy nafas berish), 100 donadan ortiq kardiomonitor, 5 ta mobil rentgen moslamasi, 3dona videoloparaskop apparati, shuningdek, Vobkent, Romitan va Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi negizida tashkil etilayotgan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari uchun 14 turdagi 21 dona zamonaviy tibbiy asbob uskunalari, koronavirus kasalligini davolash uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga 6 dona kislarod stansiyalari, tez tibbiy yordam xizmatini yaxshilash uchun 11 dona maxsus reanomobil (Volkswagen) mashinasi, viloyatda tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan bemorlarga kardiojarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun 1 dona AIK (sun’iy qon aylanish) apparati olib berilgan.
Viloyat rahbari o‘z murojaatida bevosita 2022-2026 yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar, shu jumladan, 2022 yildagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
–Keyingi yilda ham aholi bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlarini oshirish, kambag‘allik darajasini qisqartirish eng asosiy maqsadlarimizdan biri sifatida belgilab olingan. Shundan kelib chiqib, 2022 yilda viloyatda ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadida 152 mingdan ortiqish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan, -dedi Botir Zaripov murojaatida.
Shuningdek, kelgusi yilda hokim yordamchilari bilan birgalikda xatlov natijasida aniqlangan jon boshiga daromad miqdori 440 ming so‘mdan past bo‘lgan 61 mingta kam ta’minlangan oilalar hamda jon boshiga daromad miqdori 440 ming so‘mdan yuqori 880 ming so‘mdan past bo‘lgan, kam ta’minlanganlik ro‘yxatiga tushish ehtimoli yuqori 26 mingta oilalar bilan manzilli ishlar olib borilib, ularning daromadlarini oshirish choralari ko‘riladi.
“Mahallabay” ishlash tizimining natijadorligini ta’minlash, 2022 yilda viloyatning barcha shahar va tumanlarida iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida viloyatda tekstil va to‘qimachilikni rivojlantirish, neft kimyo sanoatini rivojlantirish, qurilish materiallarini, oziq-ovqat mahsulotlarini va xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish, chorvachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish, issiqxonachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, pillachilik hamda baliqchilikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, avtomobil yo‘llari yoqalarida savdo va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar asosiy drayver sohalar sifatida qaralmoqda.
Bunda har bir tumanning tabiiy xom-ashyo resurslari, iqlimi, imkoniyatlari va ixtisoslashuvi inobatga olingan.
Kelgusi yilda har bir mahallaning o‘sish nuqtalaridan kelib chiqib, uni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilishi hamda drayver yo‘nalishlar rivojlantirilishi ta’minlanadi.
Xususan, 2022 yilda yengil sanoat sohasida qiymati 2,1 trln. so‘mlik 46 ta yangi loyihalar ishga tushirilib, 4 ming 265 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali foydalanish hamda arzon va sifatli qurilish materiallarni ishlab chiqarish maqsadida viloyatning qurilish zaxira konlariga boy bo‘lgan Peshko‘ va Qorovulbozor tumanlarida jami 200 gektar yer maydonlarida qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda qurilish materiallari sohasida umumiy qiymati 1,3 trln. so‘mlik 60 ta loyihalar amalga oshirilib, 1 ming 147 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
2022 yilda viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasterlarini sonini 14 taga yetkazish hamda 97 ming 900 gektar maydondan 402 ming tonna paxta xom ashyosini yetishtirish, hosildorlikni o‘rtacha 41,0 syentnerga yetkazish rejalashtirilmoqda (2021 yilga nisbatan hosildorlik 5,7 s/ga ko‘p).
Paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari tomonidan 2022 yilda paxta yetishtirishdan boshlab paxtani qayta ishlashgacha bo‘lgan bo‘lgan zanjir asosida ishlar tashkil etilib, eskport hajmi oshadi.
Kelgusi yildan hosildorligi past bo‘lgan paxta, g‘alla va boshqa ekin maydonlari qisqartirilib, aholiga tanlov asosida 6 ming gektar ekin yer maydonlari ijaraga beriladi.
Bugungi kunda belgilangan yer maydonlarini zaxiraga olish, lotlarga ajratish va tanlovga chiqarish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan ishlar olib borilmoqda.
Ushbu yerlar birinchi navbatda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kirgan ehtiyojmand oilalarga ajratiladi. Natijada yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 2 barobarga oshadi.
Viloyatda 2022 yilda mahalliy sanoatni rivojlantirish yuzasidan umumiy qiymati 3 trln. 319,9 mlrd so‘mlik 157 ta loyihalar amalga oshirilishi hamda 5 ming 84ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur yangi loyihalar doirasida 2022 yil yakuniga qadar qo‘shimcha 1 trln. 220,8 mlrd so‘mlik mahalliy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta’minlanadi.
Buxoro viloyatida 2022yil yakuni bilan hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 trln. 450,0 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati 120,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2022 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va kreditlarning o‘zlashtirilish hajmi 304,0 mln. dollarga yetkaziladi.
Shu bilan birga, 2022 yilda 515 ta investisiya loyihalari amalga oshirilishi hisobiga 9,7 trln. so‘m investisiyalar o‘zlashtirilishi va 16 ming 508 ta yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.


