Buxoro viloyatining Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov lavozimidan ozod etildi. 2021-yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tayinlandi.
Shuningdek, Vobkent tumani hokimi vazifasida 2021-yildan beri ishlab kelayotgan Farhod Umarov sog‘ligi yomonlashganligi sababli o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Qorovulbozor tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tayinlandi.


