1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buxoroda 10 ming dollar evaziga uy-joy qurish uchun yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi, DXX va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.

Buxoroda 10 ming dollar evaziga uy-joy qurish uchun yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

 

Taʼkidlanishicha, fuqaro I.S. boshqa bir fuqaroga vakolatli tanishlari orqali Buxoro shahrida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 8 iyundagi farmoni bilan hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilingandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика