Bugun, 31-yanvar kuni soat 08:23 da 112 tizimi orqali Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi “Tinchlik” MFY, “Sho‘robod” ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uy xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Vaziyat yuzasidan zudlik bilan FVB qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar voqea joyiga yetib bordi va hozirda barcha oqibatlar bartaraf etilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash gaz plitasidan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz tufayli yuzaga kelgan.
Hodisa natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.


