Qorovulbozor tumani hokimi A.Ostonov, Buxoro tumani hokimi X.Jurayev, Peshku tumani hokimi V.Qahhorovga hayfsan jazosi berilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Nazarov ham shunday jazolangan.
Aytilishcha, ular 2023 yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat va qalamchalar ekish ishlarini qoniqarsiz tashkil etgan.


