1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda 4 ta avtomashina YTHga uchradi

Ular orasida YPX mashinasi ham bor.

Buxoroda 4 ta avtomashina YTHga uchradi

 

Bugun, 16-dekabr kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida to‘rtta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan IIV YHXX maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, holat soat 16:10 larda Buxoro tumani «Turkon» MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 253-kilometrida yuz bergan. Nexia-3 hamda Spark rusumli avtomobillar ishtirokidagi YTHni rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimi Y.Haydarov harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Lacetti rusumli xizmat avtomobilini mayoqchalari yoqilgan holda yo‘nalishlarni ajratuvchi beton to‘siq yoniga, Nexia-3 avtomobilining orqa tomoniga joylashtirgan.

 

Xodimlar xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi S.I. eʼtiborsizligi sabab boshqaruvidagi Cobalt avtomobilida mayoqchalari yoqilgan holda to‘xtab turgan Lacetti rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan.

 

Mazkur sodir bo‘lgan YTHlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика