1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda 70 nafar shaxsning plastik kartalaridan pul o'g'irlagan 2000-yilda tug'ilgan fuqaro ushlandi

Ayblanuvchi 300 mln so'mga yaqin pul mablag'larini qo'lga kiritgan.

Buxoroda 70 nafar shaxsning plastik kartalaridan pul o'g'irlagan 2000-yilda tug'ilgan fuqaro ushlandi

 

Buxoro IIBning xabar berishicha, 2023-yilning 12-yanvar kunidan 26-mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Buxoro shahrida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ”Xalq banki” Buxoro mintaqaviy filiali tomonidan ochilgan plastik kartochkasi va yana 69 nafar shaxslarning plastik kartalaridan jami 295 mln so‘m pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan ushbu shaxsga nisbatn Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan X.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

 

Hozirgi kunda ushbu shaxsning Buxoro hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика