Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining xabar berishicha, Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi.
Aniqlanishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Shundan so‘ng holatga chek qo‘yish maqsadida voqea joyiga borganida brakonyer tomonidan o‘q uzilishi natijasida qo‘lidan yaralangan. Brakonyer esa voqea joyidan yashiringan.
Inspektorga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi. Brakonyerni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.


