1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buxoroda fohisha ayol qirqqa yaqin erkakka OITS yuqtirgan

Erkaklarning ko‘pchiligi oilali bo‘lib, kasallik ularning rafiqalariga ham yuqqan.

Buxoroda fohisha ayol qirqqa yaqin erkakka OITS yuqtirgan

 

O‘z tanasini sotib, ovloq yerlarda erkaklar ko‘nglini ovlab kun ko‘ra boshlaydi. Pala-partish jinsiy hayot, har kuni o‘nlab notanish erkaklar bilan mulaqo, himoyasiz aloqalar, tungi klublarda o‘tkazilgan yuzlab bedor kechalar... Ularning qay birida o‘ziga bu bedavo dardni yuqtirganini bilmasa kerak.

 

2017 yilda qizda OITS kasalligi tasdiqlangan. Belgilangan tartibda nazoratga olingan qiz o‘zidagi kasallikni bila turib, o‘zgalarga qasddan yuqtirmaslik haqida ogohlantirildi ham. Ammo bu bilan u bedor tunlarga chek qo‘ymadi. O‘zida bedavo dardni ko‘tarib olgan qiz endi mijozlari orasida eng puldorlarini topa boshladi. Uning tungi manzili arzon turli kafelar, kimsasiz ovloq joylar emas, balki qimmat restoran va mehmonxonalarga ko‘chdi. Bir qarashda har qanday erkakni esdan og‘diradigan, nozu-karashmalari bilan o‘ziga rom qila oladigan bu kimsa har tun mijozlarga ajal og‘usini yuqtirishga urindi.

 

— Do‘stlarim bilan kafeda o‘tirganimizda, ro‘paramizda o‘tirgan ikki nafar qiz bilan tanishib qolgandik, — deydi ayolning sobiq mijozlaridan biri.  — U paytda biz mast bo‘lganmiz. Ular bilan jinsiy aloqa ham qilganmiz. Shundan keyin telefon orqali gaplashib, aloqa qilib turdik. Keyinroq men u qizlarni OITSga chalinganini eshitib qoldim. So‘ng tibbiy ko‘rikka bordim. Shunda men ham bu kasallikni yuqtirib olganimni bildim. Turmush o‘rtog‘im homilador. Homilasi 6 oylik. Qilgan ishimdan juda pushaymonman. Ammo, afsuski, endi kech.

 

Olib borilgan o‘rganishlar birgina mana shu bemor 40 ga yaqin kishiga OITS kasalligini qasddan yuqtirgan. U bilan aloqaga kirishib, o‘ziga bu bedavo dardni yuqtirib olgan erkaklar esa oilali, bola-chaqali. Bir lahzalik kayf-safoni ayolining guldek umrini xazon qilishga almashgan.

 

Buxoro viloyati IIB tergov bo‘limi tergovchisining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish)ning 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Yakunda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga oshirilgan. Hukmga ko‘ra, sudlanuvchiga nisbatan 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика