Buxoro IIBning xabar berishicha, 29 may kuni soat 22:30 lar atrofida Kogon tumani “Sorg‘un” mahallasida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.l. ismli shaxs tumanning “B.Naqshband” mahallasi “Kulolon” qishlog‘ida joylashgan mini futbol maydonchasida o‘zaro futbol o‘yini vaqtida mahalladoshi, 1996 yilda tug‘ilgan H.O. ismli tanishi bilan janjallashgan. Natijada janjal vaqtida uning yuz sohasi va tanasining duch kelgan joyiga urib tepib, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda jabrlangan fuqaro H.O. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


