
Qayd etilishicha, Romitan tumanidagi Gazli cho‘l massivi hududidan o‘tgan A-380-avtomobil yo‘lining 349-kilometrida 33 yoshli fuqaro R.X. o‘z boshqaruvidagi Nexia‘ni katta tezlikda boshqarib kelib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va ag‘darilgan. Haydovchi va avtomobil salonida bo‘lgan 67 yoshli yo‘lovchi B.A. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
«Haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasidan xabar topgan odamlar tezkorlik bilan ularga yordam berishgan. Yo‘lovchi avtomashinadan hushsiz ahvolda olib chiqilgan. Har ikkisining hayoti saqlanib qolingan bo‘lsa-da, inson uchun zarur bo‘lgan salomatlikni bir umrga yo‘qotishgan. Hamyurtlarimizdan avtomashina boshqaruvida ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.


