1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda hokim yordamchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Buxoroda hokim yordamchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan ushlandi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi tadbirkor mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisining noqonuniy xatti-harakatlari haqida joriy yilning 10 sentyabr kuni ariza bilan murojaat qilgan.

 

Unga ko‘ra, hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hokimiyat zaxirasidagi 7 sotix yer maydonini “K-savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirib, onlayn auksion savdolari orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 6 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi tamagirlik yo‘li bilan 6000 AQSH dollari miqdoridagi “pora”ni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика