1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda ichki ishlar organi xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh ushlandi

Guruhda 2007-yilda tug'ilgan qiz bola ham bo'lgan. Guruh a'zolari 31 yoshli erkakni voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilishini uyushtirib, keyinchalik undan 15 ming AQSH dollar talab qilishgan.

Buxoroda ichki ishlar organi xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh ushlandi

 

Buxoroda ichki ishlar organlari xodimlari niqobi ostida tovlamachilik qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Aniqlanishicha, Shofirkon tumani “Yangiqishloq” mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan H. Z. ismli shaxs qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, o‘zgalar mulkini tovlamachilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan N. O, Shofirkon tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan G. O, Navoiy viloyatida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan A. F. hamda Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz U.S. lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, guruh aʼzolariga Shofirkon tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan J.О. ismli fuqaroning puli ko‘p ekanligini, voyaga yetmagan qiz topib u bilan jinsiy aloqaga kirishtirib, ularni jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida ushlab olib, uni "jinoiy javobgarlikka tortish" bilan qo‘rqitish orqali pul talab qilib olishga qiziqtirgan.

 

Qayd etilishicha, rejaga ko‘ra, 26-iyul kuni jinoiy sherigi voyaga yetmagan qizni jabrlanuvchi bilan (jinoiy sherigi F. A. ga tegishli bo‘lgan) Navoiy shahrida jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, ular jinsiy aloqa qilayotgan vaqtida uyga to‘satdan kirib borib, o‘zlarini go'yoki ichki ishlar organlari xodimlari sifatida tanishtirib, ularni jinoyat ustida ushlanganligini va voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganligi uchun qamoqqa olinishini aytib, yigitni qo‘rqitib, tanasining turli joylariga urib, qo‘l telefoni va avtomashinasining kalitini olib qo‘ygan.

 

Shundan so'ng, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasida 1992-yilda tug'ilgan yigitni Buxoro viloyati IIB ga olib borishlarini aytib, 27-iyulga o‘tar kechasi soat 4:30 larda Buxoro shahridagi “Ark” qo‘rg‘oni oldiga olib kelib, jabrlanuvchidan go‘yoki ishni tinchitish uchun 15 ming AQSH dollari talab qilganlar.

 

IV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB TQX JQB mas'ul xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumot asosida 27-iyul kuni tong vaqtida o‘tkazilgan tadbir davomida tovlamachilar jabrlanuvchining akasidan talab qilingan pullarni olmoqchi bo‘lganlarida qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 4 nafar ayblanuvchi qamoqqa olingan. Hozirda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика