1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buxoroda internetdagi yutuqli o‘yinlar orqali fuqaroni chuv tushirgan shaxs ushlandi

Internetdagi yutuqli o‘yinlar orqali buxorolik fuqaroni chuv tushirgan farg‘onalik yigit qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati maʼlum qildi.

Buxoroda internetdagi yutuqli o‘yinlar orqali fuqaroni chuv tushirgan shaxs ushlandi

 

 

Taʼkidlanishicha, Shofirkon tumanidagi “Pashmon” mahallasida yashovchi 22 yoshli fuqaro Sh.I. ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotganda ehtiyotsizligi tufayli virtual firibgarlikka duch kelgan.

 

Bildirilishicha, nomaʼlum shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Agrobank info» kanalidan foydalanib, Sh.I.ning shaxsiy profiliga “Agrobankmobile” ilovasi orqali ulangan. Va Sh.I.ga “Agrobankmobile” orqali 1 million 417 ming so‘m miqdorida yutuq taqdim qilinganligini aytib, uning ishonchiga kirgan. Nomaʼlum shaxs go‘yoki ushbu yutuqli pullarni Sh.I.ning plastik kartasiga o‘tkazishini aytib, buning uchun uning plastik kartasi hamda telefon apparatidagi Click kodini olishga erishgan.

 

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, plastik kartasidan 759 ming 250 so‘m pul yechib olingani haqidagi SMS xabarni o‘qigan Sh.I. shaxsi nomaʼlum fuqaroning shaxsiy profiliga yozishga uringan. Bu paytda esa Sh.I. nomaʼlum shaxs bilan bog‘lana olmagan va SMS jo‘natmalar tizimi berk qilib qo‘yilganiga guvoh bo‘lgan. Va bu haqda zudlik bilan ichki ishlar idoralariga maʼlum qilgan.

 

Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan olib borilgan o‘rganuv ishlari natijasida nomaʼlum fuqaro shaxsiga aniqlik kiritilgan. U farg‘onalik 20 yoshli J.N. ekaniga oydinlik kiritilgan.

 

«Ayni paytda farg‘onalik yigit bilan tergov-surishtiruv ishlari olib borilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan ish qo‘zg‘atilgan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan virtual firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridan hushyor bo‘lishni talab qilamiz», — deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика