1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi

Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi

 

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 13 iyul kuni soat 19:00 larda, Jondor tumani Samonchiq mahallasidagi “Nozima Niyoz” fermer xo‘jaligi dala maydonida, tumanning Istiqlol mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan F.Z. ismli shaxs, ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan Samonchiq mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan J.M. ismli turmushga chiqmagan qiz bilan rashk oqibatida janjallashib, uning bo‘yin va ko‘krak sohasiga oshxona pichog‘ini sanchib og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi J.M. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan F.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика