1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda odamni oyog‘idan osib video olganlar jazolandi

Video mijozlarni jalb qilish va ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishish maqsadida sahnalashtirilgan.

Buxoroda odamni oyog‘idan osib video olganlar jazolandi

 

Buxoro viloyati Peshku tumanida fuqaroning oyog‘idan osib qo‘yilgani aks etgan video tasvirlarni suratga olgan shaxslarga nisbatan jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maʼlum qildi.

 

Aniqlanishicha, mazkur video Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal egasi hamda umumiy ovqatlanish shoxobchasi egalari tomonidan oldindan kelishilgan holda, mijozlarni jalb qilish va ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishish maqsadida sahnalashtirilgan. Tasvirlarda fuqaro oyog‘idan osib qo‘yilgani, qassob rolini bajargan shaxs esa uning atrofida pichoq charxlayotgani aks etgan.

 

Shuningdek, video davomida inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, axloqiy meʼyorlarga zid iboralar ishlatilgani aniqlangan. Bundan tashqari, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunchilik talablari hamda jamiyatda yurish-turish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani qayd etilgan.

 

To‘plangan hujjatlar Peshku tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlar Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-1-moddasi (“Reklama to‘g‘risida”gi qonunchilikni buzish) bilan aybli deb topilib, ularga bazaviy hisoblash miqdorining 7 barobari — 2 million 824 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика