1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda prokuror 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoroda prokuror 90 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

 

DXX xodimlari tomonidan 2024 yilning 13 fevral kuni soat 23:00larda Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir Gʻulomov 90 ming AQSH dollari olayotganda qo‘lga olingan. U qidiruvdagi shaxsga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga shuncha pul olgani aytilyapti.

 

Gʻulomov Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi "Kogon yog‘-ekstraksiya zavodi" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jamiyat ta’sischisi M.I. dan unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga vositachi orqali Buxoro shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markazi binosi yaqinida 90 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bahodir Gʻulomov Kogon tumani prokurori lavozimiga 2022 yil aprelda tayinlangan. U avval Buxoro viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика