1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buxoroda qarzdor fuqaroning ukasi MIB xodimlariga pichoq bilan tashlandi

Qayd etilishicha, ikki marta oila qurib ajrashgan erkak 2 nafar farzandiga aliment to‘lamay kelgan.

Buxoroda qarzdor fuqaroning ukasi MIB xodimlariga pichoq bilan tashlandi

 

Byuro organlaridan doimiy ravishda qochib yurgani bois unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan

 

Qidiruvdagi fuqaroning uyiga borgan MIB xodimlariga qarzdorning ukasi oshxona pichog‘i bilan tashlangan va tan jarohati yetkazishga uringan.

 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика