1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda savdo do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga 3 ta qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Buxoroda savdo do‘koni yonib ketdi

Bugun soat 12.53 da Qorako‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Qorako‘l tumani “Eski qalʼa” MFY yo‘l yoqasida joylashgan avtoehtiyot qismlari do‘konida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

 

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan. Yong‘in oqibatida savdo do‘konining 80 kvadrat metr maydonda tom qismi va ichidagi ehtiyot qismlari yongan. 

 

Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari aniqlanmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari bo‘yicha tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика