1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxoroda suvga cho‘kayotgan qiz qutqarib qolindi

Uning hozirgi holati bo‘yicha maʼlumot berildi.

Buxoroda suvga cho‘kayotgan qiz qutqarib qolindi

Kecha, 27 dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani “Afrosiyob” MFY Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi “Hayrabot” kanalida 1 nafar fuqaro cho‘kayotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

 

Xabarga ko‘ra, manzilga tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (ayol) suvdan qutqarib olgan. 

 

Qiz tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi holda bo‘lib, shifokorlar nazoratida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика