Bugun, 2-avgust kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 10:39 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani. Zilzila koordinatalari: 40,42 gradus shimoliy kenglik; 65,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 351 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Navbahor tumanida 2-3 ball, 28 km.
G‘ijduvon tumanida 2 ball, 35 km.
Navoiy shahrida 2 ball, 39 km.
Karmana tumanida 2 ball, 44 km.


