1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodagi 9 qavatli binoda yong‘in chiqdi

Voqea joyiga 5 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Buxorodagi 9 qavatli binoda yong‘in chiqdi

 

 

Bugun, 24-iyul kuni soat 12:20da Buxoro shahar “Bunyodkor” MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Yong‘in qutqaruv ekipaji soat 12:22da etib borib, yong‘in 12:49da batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

 

Voqea joyiga 5 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘inining kelib chiqish sababi payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarari aniqlashtirilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика