Bugun, 10 fevral kuni Buxoro viloyati hududidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan hamda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqida Energetika vazirligi xabar qildi.
Hozirgi vaqtda mazkur holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Yong‘in natijasida jabrlanganlar hamda tan jarohati olganlar yo‘q.


