Buxoro shahrining tarixiy qismida transport vositalarining harakatlanishi cheklanmoqda. Bu haqida ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur joylarga yo‘l harakat xavfsizlik boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Endilikda mototsikl, skuter va boshqa avtotransportlarda harakatni taqiqlovchi yo‘l belgilari bor joyda harakatlanish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Avtomobillarning mazkur hududda harakatlanishiga avtomobillarning qatnovi tarixiy merosga zarar yetkazishi, qolaversa, bu hududda harakatlanayotgan ko‘plab sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga xavf tug‘dirishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan.


