1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buxorodagi yetti pir ziyoratgohi islom olami ro‘yxatidan joy oldi

Joriy yilning iyun oyida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) Islom olami merosi qo‘mitasining IX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Buxorodagi yetti pir ziyoratgohi islom olami ro‘yxatidan joy oldi

 

 

Unda, O‘zbekiston, Quvayt, Iroq, Indoneziya, Kamerun, Kot-d‘Ivuar, davlatlari, Mavritaniya, Pokiston Islom respublikalari hamda Nigeriya Federativ respublikasi vakillari ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilishda Qo‘mitaga aʼzo davlatlar tomonidan Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritish uchun nomzodnomalar taklif etildi. 


Xususan, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ushbu ro‘yxatga kiritish uchun Buxoro viloyatida joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband, Poykent, Poyi-Kalon majmualari, Magoki-Attoriy masjidi hamda Toshsaroy madrasasi nomzodlari ko‘rsatildi.


Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, Islom olami merosining oxirgi hamda tasdiqlanmagan  ro‘yxati shakllantirilib,  O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan  obyektlarning barchasi Islom olamining yakuniy ro‘yxatiga kiritildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика