Qayd etilichihda, holat joriy yilning 25 oktyabr kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan ayol uyining oshxonasida 2015 yilda tug‘ilgan qizi B.A.ning qo‘llari va yuz qismiga qizigan oshxona temir kapkirini bosib, tan jarohati yetkazgan.
Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda voyaga yetmagan B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


