1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Buyrak transplantatsiyasi barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda inson aʼzolari va to‘qimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi yig‘ilishida maʼlum qilindi.

Buyrak transplantatsiyasi barcha hududlarda yo‘lga qo‘yiladi

 

Unda “Inson aʼzolari va to‘qimalari to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

 

“Transplantatsiya jarayonlarini sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunosti hujjatlarini ishlab chiqiladi. Transplantatsiya xizmati aholiga yaqinlashtirilib, hududlarda bu boradagi amaliyotlarni sifatli va samarali yo‘lga qo‘yish kerak”, — deydi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarur. Buning uchun tegishli tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika va kadrlar salohiyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda qator vazifalar aniq muddatlar bilan belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика