1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniya Falastinni rasman tan olishga tayyor

Isroilning G‘arbiy Sohilda qurilish rejalariga qarshi chiqqan London Falastin masalasida qat’iy pozitsiyasini bildirdi.

Buyuk Britaniya Falastinni rasman tan olishga tayyor

Guardian nashrining xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya 2025-yil sentyabr oyida Falastinni rasman tan olishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, Isroil rasmiylari Londonning ilgari surgan shartlariga tayyorlik ko‘rsatmayotgani sababli, hukumat Falastinni tan olish qaroriga yaqinlashgan.

 

Taxmin qilinishicha, mazkur masala Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi tomonidan 1-sentabr kuni Jamoatlar palatasida so‘zlagan nutqida ham o‘z tasdig‘ini topadi.

 

So‘nggi oylarda Londonning Isroilga nisbatan siyosiy bosimi kuchaygani kuzatilmoqda. Jumladan, 21-avgust kuni Buyuk Britaniya Isroilning Iordan daryosining g‘arbiy sohilida yangi yahudiy turar-joylarini qurish niyatini qoralagan edi. Shuningdek, 10-avgust kuni G‘azo sektorini bosib olish rejalariga qarshi qator sanksiyalar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.

 

Mazkur choralar jumlasiga Isroil mudofaa kuchlarining (IDF) Buyuk Britaniyada mashg‘ulot o‘tkazishini taqiqlash ham kirishi mumkin. Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Isroilni G‘azo ustidan nazorat o‘rnatish urinishlaridan qaytarishga qaratilgan choralarni ko‘rib chiqmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика