1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni eʼlon qildi

Iqtisodiy sanksiyalarga ko‘ra, Rossiya fuqarolari mamlakat bank hisoblariga qo‘yishi mumkin bo‘lgan pul miqdorida cheklovlar bo‘ladi.

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni eʼlon qildi

 

Bu haqda u parlamentga maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Sky News.

 

"Bu kuch bizga Rossiya banklarini Buyuk Britaniya moliya tizimidan butunlay chiqarib tashlashga imkon beradi. Ularni funt sterlingdan foydalanish va Buyuk Britaniya orqali  to‘lovlarni amalga oshirishdan mahrum qiladi. Hozirda Rossiya savdosining maʼlum qismi AQSH dollari va funt sterlingda amalga oshirilayotgani sababli, men Vakillar palatasiga AQSH ham xuddi shunday choralar ko‘rayotgani haqida maʼlum qilishdan mamnunman", - dedi Jonson. 

 

Unga ko‘ra, “Aeroflot” aviakompaniyalari Buyuk Britaniyaga parvozlarni taqiqlaydi, Rossiyaga sotiladigan uskunalarga nisbatan “qattiq eksport nazorati” joriy etiladi.

Buyuk Britaniya hukumati aktivlari 154 milliard funt sterlingni tashkil etuvchi VTB aktivlarini zudlik bilan muzlatib, Rossiyaning barcha yirik banklari aktivlarini muzlatish niyatida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика