1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbek kompaniyasi va toshkentlik biznesmenga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

Britaniyaning yangilangan sanksiyalar paketiga jami 24 ta yangi tashkilot va shaxslar kiritildi.

Buyuk Britaniya to‘rtta o‘zbek kompaniyasi va toshkentlik biznesmenga nisbatan sanksiyalar joriy qildi

 

Buyuk Britaniya hukumati sanksiyalar ro‘yxatini O‘zbekistondan to‘rtta kompaniya va bitta tadbirkorni o‘z ichiga olgan holda kengaytirdi. Ushbu cheklovlar Farg‘ona kimyo zavodi,Gelion Business Trade, Chemistry International, Raw Materials Cellulose kompaniyalari hamda toshkentlik tadbirkor Rustam Mo‘minovni qamrab oladi.

 

Britaniya hukumati Farg‘ona kimyo zavodiga eng qatʼiy choralarni qo‘lladi: uning moliyaviy aktivlari muzlatildi va kompaniyaga ishonch xizmatlarini ko‘rsatish taqiqlandi. Londonning xulosasiga ko‘ra, kompaniya yetkazib bergan mahsulotlar yoki texnologiyalar Ukraina suverenitetiga putur yetkazishda ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

 

Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan Gelion Business Trade kompaniyasi ham sanksiyalarga uchradi. Hujjatda uning beqarorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etgani taʼkidlangan. Xuddi shunday cheklovlar Navoiy viloyatidagi Chemistry International va Jizzax viloyatidagi Raw Materials Cellulose tashkilotlariga ham joriy etildi.

 

Sanksiyalar ro‘yxatidagi Rustam Mo‘minov alohida o‘ringa ega. U O‘zbekiston, Isroil va Rossiya pasportlariga ega bo‘lib, Britaniya tomoni uni vaziyatni beqarorlashtirish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy resurslar yoki xizmatlarni taqdim etganlikda gumon qilmoqda. Rustam Mo‘minov ilgari Yevropa Ittifoqining 19-sanksiyalar paketida ham tilga olingan.

 

Buyuk Britaniya yangilangan sanksiyalar rejimi doirasida jami 24 ta yangi tashkilot, jumladan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatga kiritildi. Ularning barchasi Britaniyadagi bank hisoblarini muzlatish, shuningdek moliyaviy va biznes faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlarga duch keladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика