Buyuk Britaniya va Shvetsiya bosh vazirlari o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini imzoladi.
Tomonlar odatiy va gibrid tahdidlarga, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Gap razvedka ma’lumotlari almashinuvi va qo‘shma harbiy amaliyotlar o‘tkazish haqida bormoqda.
“Ushbu e’lonlar mamlakatlarning har biri o‘rtasidagi mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikda keskin o‘zgarishlarga olib keladi” , — deyiladi xabarda.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Shvetsiya va Finlyandiyaga safar qildi. Bu tashrif ikki davlat hukumatlari NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishi mumkinligi fonida amalga oshildi.


