1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Buyuk Britaniyada alkogoldan o‘lim darajasi keskin oshdi

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

Buyuk Britaniyada alkogoldan o‘lim darajasi keskin oshdi

 

Buyuk Britaniyada 2021 yilda alkogol isteʼmoli 10 mingga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Britaniya Milliy statistika boshqarmasi xabar bermoqda.

 

Eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Buyuk Britaniyada 9641 nafar alkogol bilan bog‘liq o‘lim qayd etilgan. Bu rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Beshta o‘limning deyarli to‘rttasi jigar sirrozi, qolganlari spirtli ichimliklar bilan bog‘liq ruhiy kasalliklar va tasodifiy zaharlanish tufayli sodir bo‘lgan.

 

"Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri alkogol bilan bog‘liq o‘limlar keskin o‘sdi, alkogolli jigar kasalligi bu o‘limning asosiy sababidir. Bu o‘sish pandemiya davrida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishning ko‘payishi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pandemiyadan oldin juda ko‘p ichgan odamlar, ushbu davrda spirtli ichimliklarni ko‘paytirishi mumkin", — deyiladi Milliy statistika boshqarmasi xabarida.

 

2020-2021 yillarda alkogoldan o‘lim darajasi keskin oshdi. O‘tgan yili 2019 yilga nisbatan 2 076 nafarga ko‘p (o‘sish 27,4 foiz) spirtli ichimliklar ichish oqibatida vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика