Buyuk Britaniyaning Esseks shtatida joylashgan Xarlou shahridagi ko'chaga ilk bor Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy nomi berildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Xarloudagi beshinchi avenyu endi “Beshinchi avenyu — Zelenskiy prospekti” rasmiy nomiga ega.
Ko‘chaning ochilishida ishtirok etgan Konservativ partiyadan Jamoalar palatasi a’zosi Robert Xelfon shahar buning uchun tasodifan tanlanmaganini tushuntirdi.
"Shahar Ikkinchi jahon urushidan keyin ketishga majbur boʻlgan koʻplab londonlik oilalar uchun qurilgan. Biz ukrainaliklarga Rossiya ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin ularda yaxshi yangi shaharlar paydo boʻlishiga umid borligini koʻrsatmoqchi edik", — deb tushuntirdi siyosatchi.
Shuningdek, u Xarlou aholisi urush boshlanganidan beri 70 ga yaqin ukrainalik qochqinlarni qabul qilib, qo‘llab-quvvatlaganini qo‘shimcha qildi.


