1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

 

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

 

Unda hozirgi kunda Turkiya politsiyasi tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasida yirik shaharlar va jamoat joylarida «maxsus reydlar» davom ettirilayotgani maʼlum qilingan.

 

Shuningdek, taʼkidlanishicha, Turkiyada bo‘lish qoidalarini buzgan va qo‘lga olingan xorijliklar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lib, ularning aksariyati Istanbul shahridan boshqa viloyatlardagi repatriatsiya markazlariga yuborilayotgani kuzatilmoqda.

 

Fuqarolardan o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi (pasport) va Turkiyada yashash ruxsatini beruvchi (İkamet İzni) hujjatlarini olib yurishlari so‘raladi», deyiladi bosh konsulxona xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика