Checheniston poytaxti Grozniy shahrida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqida mahalliy nashrlar yozmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, Grozniydagi AYOQSHda gaz sisternasi portlab, so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Sodir bo‘lgan portlash oqibatida 4 kishi, jumladan, 2 yosh bola halok bo‘lgan. Hozirda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.


