1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chegarada yashirin yerosti yo‘li aniqlandi

Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida noqonuniy yerosti yo‘li (tunnel) aniqlandi va Hindistonda ishlab chiqarilgan 1 milliard so‘mdan ortiq dori vositalari olindi.

Chegarada yashirin yerosti yo‘li aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Chegara qo‘shinlari va "Toshkent-Aero" IBK harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Hindistondan Qozog‘iston orqali mamlakatimizga katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kelish bilan shug‘ullangan transchegaraviy jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

 

Xususan, jinoiy guruh tomonidan navbatdagi dori vositalari "Dehli — Toshkent — Olmaota" aviayo‘nalishi orqali tranzit tarzda “Olmaota” xalqaro aeroportiga olib kelinib, Qozog‘istonning Turkiston viloyati Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punktiga yetkazilgan va yashirin yerosti yo‘li orqali Toshkent viloyatining Toshkent tumani “O‘rikzor” MFY hududiga o‘tkazilgan.

 

Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh aʼzolardan jami 1 milliard 94 million 342 ming so‘mlik, Hindistonda ishlab chiqarilgan “Albumin”, “Remdesivir”, “Meropenem” kabi jami 107 nomdagi 17 048 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Taʼkidlash lozimki, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning Toshkent tumani “O‘rikzor” MFYdagi uyini Qozog‘istonning Sariyog‘och tumani “Do‘stlik” aholi yashash punkti bilan bog‘lovchi yerosti yo‘lining uzunligi 310 metrni tashkil etadi.

 

Yerosti yo‘li havo ventilyatsiyasi, yoritish tizimi, yuklarni tashishga mo‘ljallangan  aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика