1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chegaradagi otishma sabab 24 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘iziston tomoni Tojikistonni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Chegaradagi otishma sabab 24 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘ldi

 

Tojikiston bilan chegaradagi to‘qnashuvlarda Qirg‘iziston tomondan 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari provokatsiya uchun o‘z uylariga o‘t qo‘ygan.

 

“Bogdari qishlog‘ida o‘t ochishni to‘xtatish vaqtida Tojikiston fuqarolari o‘z uylariga o‘t qo‘yishni boshladi. Bunday harakatlar qirg‘iz tomonini ularning uylarini vayron qilganlikda ayblash uchun ataylab qilingan provokatsiyadir”, — deyiladi Chegara xizmati xabarida.

 

“Sputnik” nashrining yozishicha, “Guliston” nazorat-o‘tkazish punktida Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmatlari rahbariyati uchrashib, o‘zaro kelishuvga erishgan. 

 

Unga ko‘ra, 17-sentabr kuni soat 09:00 ga qadar ikki davlat chegara boshqarmalarining hududiy boshqarmalari rahbarlari qirg‘iz-tojik chegarasida provokasiyalar va otishmalarning oldini olish bo‘yicha ishlarni shaxsan tashkil etishi lozim.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика