1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Chegarani kesib o‘tayotgan qochqinlar soni kundan-kunga ortib bormoqda"

BMT ukrainalik qochqinlar soni bo‘yicha maʼlumot berdi.

"Chegarani kesib o‘tayotgan qochqinlar soni kundan-kunga ortib bormoqda"

 

Rossiya-Ukraina ziddiyati boshlangandan beri ukrainalik qochqinlar soni 5 milliondan oshgan. Ukraina fuqarolari borgan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Polsha, u yerda 2,8 milliondan ortiq kishi allaqachon qabul qilingan

 

«Chegarani kesib o‘tayotgan qochqinlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Tasavvur qilib bo‘lmaydi, ko‘p odamlar o‘z uylarini tark etishgan, mulklarini tashlab ketishga va baʼzan o‘z yaqinlari bilan ajralishga majbur bo‘lishdi», — dedi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi vakili Shabia Mantu.

 

Polshada qochqinlarni qabul qilish uchun maxsus markazlar mavjud, ularning aksariyati ayollar va bolalardir. Bu yerda yashash sharoitlari unchalik yaxshi emas, lekin bu yerga kelganlarning ko‘pchiligi uysiz qolgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика