DSQning maʼlum qilishicha, “Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Ushbu tartib joriy yilning 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi. Natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.
Endilikda, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.


