1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Chelsi” Dibalaga qiziqmoqda

Futbolchi  “Roma”ni tark etadimi?

“Chelsi” Dibalaga qiziqmoqda

 

“Chelsi” 29 yoshli hujumchi Paulo Dibalaning agenti bilan bog‘landi. Bu haqda  "Football Italia" nashri xabar berdi.

 

Argentinalik futbolchi o‘tgan yozda Rim klubiga  “Yuventus”dan tekinga o‘tgan edi. U 2025 yilning iyunigacha shartnoma imzolagan, shu jumladan, futbolchini maʼlum summaga sotib olish uchun maxsus band ham bor. Shu bilan birga, Italiya klublari uchun bu 20 million yevroni tashkil etadi. “Roma” futbolchining maoshini mavsumiga 6 million yevrogacha oshirib, bu bandni futbolchining shartnomasidan olib tashlashi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Dibala o‘tgan mavsumda “Roma” tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика