"Chelsi" Mixail Mudrikning o'yinidan norozi. Ukrainalik futbolchi o'yinini o'zgartirmasa, londonliklar yangi vinger uchun transfer bozoriga kirishga tayyor.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino va uning yordamchilari ukrainalik futbolchi yetarlicha sur'atda rivojlanmayotganiga ishonishadi va uning jamoa o'yiniga ta'siridan hafsalasi pir bo'lgan. Bu haqda "Football Insider" portali xabar berdi.
Mudrik joriy mavsumda “Chelsi” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va uning klub bilan shartnomasi 2031-yilning yoziga qadar amal qiladi.


