Bugun yangi formatdagi Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi bosqichiga qur'a tashlandi. 16 ta jamoa keyingi bahsdagi raqiblarini bilib olishdi. Quyida mazkur chempionatdagi uchrashuvlarda eng ko'p gol urilgan o'yinlarni birgalikda eslab o'tamiz.
"Bavariya" - "Barselona"
2020-yil 14-avgust kuni myenxenliklar Chempionlar ligasining chorak finalida kataloniyaliklarni 8:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan.
"Bavariya" - "Dinamo Zagreb"
2024-yilning 27-noyabr kuni myenxenliklar guruh bosqichida Xorvatiya klubi ustidan 9:2 hisobida zafar quchishgan.
"Monako" - "Deportivo"
2003-yil 5-noyabr kuni fransuzlar guruh bosqich uchrashuvida ispan jamoasini 8:3 hisobida mag'lub etishgan.
"Borussiya Dortmund" - "Legiya"
2016-yil 22-noyabr kuni dortmundliklar guruh bosqichida Varshava klubini 8:4 hisobida tor-mor etishgan.


