Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq taʼlim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 25 mayiga qadar davom etadi.
9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 1-6-may kunlari o‘tkaziladi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlari bundan mustasno.
Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari 26 mayidan 15 iyuniga qadar tashkil etiladi.
Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari bo‘yicha kamida V1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.
Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika taʼlim markazi amalga oshiradi.
Imtihon materiallarini ishlab chiqishda umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar kiritilishi inobatga olinadi hamda topshiriq namunalari 2023 yil 1aprelga qadar vazirlikning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Imtihonlar belgilangan muddatda shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishi uchun barcha zaruriy choralar ko‘riladi.


