1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Chevrolet Onix” ilk kundayoq rekord qayd etdi

Avtomobil sotuvining birinchi kuni rekord darajada tuzilgan shartnomalar soni bilan yakunlandi.

“Chevrolet Onix” ilk kundayoq rekord qayd etdi

 

Bir kun davomida 30 000 ga yaqin avtomobil uchun shartnoma tuzilgan bo‘lsa, 28 000 dan ortig‘i yangi “Chevrolet Onix” uchun tuzilgan.

 

"Ushbu ko‘rsatkich “UzAuto Motors” uchun mutlaq rekord. Bu boshqa kunlardagi o‘rtacha shartnomalar sonidan qariyb 30 baravarga ko‘p bo‘lib, “Chevrolet Onix”ning mutlaqo muvaffaqiyatidan dalolat beradi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

 

Qayd etilishicha, mijozlarning “UzAuto Motors” avtomobillariga qiziqishi yuqori va tuzilgan shartnomalarning aksariyat qismi (61 foizi) avtomobilning top komplektatsiyasi uchun tuzilgan.

 

Shuningdek, “General Motors” bilan 2023 yilga kelib ishlab chiqarish quvvatini 500 000 dona, uzoq muddatli istiqbolda esa 1 million dona avtomobilga oshirish masalalari ishlab chiqilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика