
Qayd etilishicha, kompaniya keltirilgan maʼlumotning asossiz ekanligini rasman eʼlon qildi.
"Bugungi kunda sotuvda mavjud bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati bilan uzautomotors.com sayti orqali tanishishingiz mumkin. Qolaversa, Chevrolet Onix rusumli avtomobilning sotuvi boshlanishi haqida biz rasmiy kanallarimizda eʼlon qilamiz", deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushurish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borilgan.
Shuningdek, keltirilgan videoda sotuv boshlanganligi haqida hech qanday gap yo‘qligi taʼkidlangan.
Avtomobillar sotuvi hamda narxi bo‘yicha maʼlumotlarni kompaniyaning rasmiy kanallaridan yoki @uzavtosavdo_bot telegram boti orqali hamda kompaniyaning call center markazidan bilib olishingiz mumkin, deyilgan maʼlumotda.


