1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chexiya parlamenti quyi palatasi rossiyaliklarning fuqarolik olishini chekladi

Ushbu tashabbusni Chexiyadagi rus diasporasi vakillari va huquq himoyachilari tanqid qilib, uni “kamsitish” sifatida baholamoqda.

Chexiya parlamenti quyi palatasi rossiyaliklarning fuqarolik olishini chekladi

Deputatlar palatasi rossiyaliklarning Rossiya fuqaroligidan voz kechmasdan, Chexiya fuqaroligini olishini taqiqlovchi qonunga o‘zgartirishlarni maʼqulladi. Hozirda barcha chet elliklar Chexiya pasportini olishda avvalgi fuqaroligini ham saqlab qolishi mumkin.

 

Qonunchilikdagi tuzatishlar Chexiya fuqaroligini olish uchun rossiyaliklar tomonidan allaqachon berilgan barcha arizalarni ko‘rib chiqishni (15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno) cheksiz muddatga to‘xtatadi.

 

Qonun Chexiya Senati va prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

 

2023 yilda 1166 nafar rossiyalik Chexiya fuqaroligini olgan, bu oxirgi 20 yildagi maksimal ko‘rsatkich.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика