1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Chexiya prezidenti mototsiklda avariyaga uchradi

62 yoshli Petr Pavel kasalxonaga yotqizilgan.

Chexiya prezidenti mototsiklda avariyaga uchradi

Maʼlum qilinishicha, 62 yoshli prezidentning jarohatlari “jiddiy emas”. Pavel tibbiyot muassasasida necha kun bo‘lishi nomaʼlum. 

 

Hodisa 23 may kuni yopiq poygadagi trassada sodir bo‘lgan. Bunga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan, ammo politsiya tergov o‘tkazish niyatida emas.

 

Ommaviy axborot vositalari Chexiya prezidenti odatda BMW R1200GS rusumli nemis mototsiklida yurishini yozmoqda.

 

“Uning jarohatlari jiddiy emas, lekin bu Praga harbiy universiteti gospitalida qisqa muddat kuzatuv ostida qolishni talab etadi”, — degan Chexiya prezidenti idorasi.

 

30 may kuni Chexiya prezidenti Pragada NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishi kerak edi. Uning xorijga safari amalga oshishi hozircha aniq emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика