Chilini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi. Ular orasida qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ham bor.
“Korrespondent” nashrining xabar berishicha, mamlakatda 232 ta alanga o‘chog‘i qayd etilgan.
Prezident Gabriyel Borich hukumati mintaqasida favqulodda holat eʼlon qildi. Ayni vaqtda harorat 40 daraja issiq.
Yong‘inlar kamida 88 uyni vayron qilgan va 47 ming gektar o‘rmonni qamrab olgan. Hududga jami 2300 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 75 ta samolyot safarbar etilgan.


