Chilining Arika shahrida yashovchi baliqchilar uzunligi 5 metr, og‘irligi esa deyarli 300 kilogramm keladigan baliq tutishdi.
Bu turdagi baliq suvning eng tubida yashaydi va juda kamdan-kam hollarda yuqoriga chiqadi. Mahalliy rivoyatlar va e’tiqodlatga ko‘ra, baliq falokatlarning xabarchisi deb ataladi, ya’ni u zilzilalar va sunamidan darak beradi. Shuningdek, kim uni tutsa, la’natlanadi deb ishoniladi. Chunki bu baliqni Fukusima hududidagi sunami va zilziladan sal oldin Yaponiya qirg‘oqlarida ko‘rishgan.
Ushbu gigant baliqlar eng uzoq umr ko‘radigan suyakli baliq sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.


