1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Chilonzorda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar va ularning haydovchilari ushlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan poytaxtda olib borilgan reyd tadbirlarida fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Bu haqda shahar matbuot xizmati xabar berdi.

Chilonzorda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar va ularning haydovchilari ushlandi

 

 

Maʼlum qilinishicha, poytaxt IIBB tomonidan jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkentda soat 21:00 dan 04:00 gacha o‘tkazilgan tadbirlar davomida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumon qilinayotgan ayollar ushlangan.

 

Masalan, Chilonzor tumanining Shuhrat chorrahasida «mijozlarni ovlash» bilan shug‘ullangan yengil tabiat ayollar qo‘lga olingan. Shuningdek, tumanda fohishalarga haydovchilik qilish bilan shug‘ullangan shaxslar ham ushlangan.

 

Shu kabi holatlarning birida, Chilonzor tumanida Matiz haydovchisi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilganida, u inspektorning qonuniy talabini bajarmasdan, qochib ketgan. Biroq ko‘p o‘tmay avtomobil “Do‘mbirobod” mahallasida ushlangan.

 

Toshkent bo‘ylab o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida aniqlangan holatlarning aksariyatida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollarning haydovchilari borligi maʼlum bo‘lgan. Poytaxtning turli tumanlarida aniqlangan bu kabi shaxslar patrul-post xizmati brigadasiga olib kelinib, shaxsi aniqlangan, qon namunalari olinib, ularda biror kasallik bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritilgan.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlariga o‘tkazilib, sayyor sudlar o‘tkazilgan. Sudlar tomonidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi 190 (fohishalik bilan shug‘ullanish), 183 (mayda bezorlik), 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha tegishli qarorlar chiqarilib, fohishalarga nisbatan jarima va maʼmuriy qamoq jazolari tayinlangan.

 

Fohishalarni olib yurgan haydovchilarning mashinalari esa jarima maydonchalariga joylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика